Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda.
Voleybol sport turi boʻyicha bellashuvlarda fakultet talabalari oʻzlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, qizgʻin bahslarda ishtirok etdilar.
Sport tadbirlari doirasida talabalar mini-futbol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol sport turlari boʻyicha ham oʻzaro kuch sinashadilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️





