❗️Edu.uz — eng ko‘p iqtibos keltiriladigan Telegram kanallari qatorida!
O‘zbekistonning rasmiy ta’lim va ilm-fan yangiliklarini yoritib boruvchi Edu.uz Telegram kanali TGStat platformasining iqtibos indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Telegram kanallari reytingida yuqori o‘ntalikdan joy oldi.
143 596 nafar obunachiga ega Edu.uz kanalining reytingda 6-o‘rinni egallagani uning axborot maydonidagi faolligi va materiallariga boshqa manbalar tomonidan murojaat qilinayotganini ko‘rsatadi.
Bu natija — ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangiliklar, muhim qarorlar, islohotlar hamda rasmiy ma’lumotlarni tezkor va ishonchli yetkazish yo‘lidagi mehnat samarasi.
Edu.uz — ta’lim va ilm-fan yangiliklarining ishonchli manbasi.
🔗 Manba: https://uz.tgstat.com/ratings/channels?sort=ci
#EduUz #Taʼlim #IlmFan
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
