TGViewer
Qoʻqon davlat universiteti Qoʻqon davlat universiteti @kokand_su · 9.9K subscribers
Post #38900 1.41K

Forwarded from Edu.uz

❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @kokand_su
  1. Oct 13, 2026UniverNews | Milliy kulolchilik merosi va ilmiy innovatsiyalar uyg‘unligi e’tirof etildi Q…
  2. Oct 13, 2026Post #38910
  3. Oct 13, 2026🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tili — umumxalq m…
  4. Oct 13, 2026UniverNews | Filologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi Qo‘qon davlat universiteti…
  5. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
  6. Oct 12, 2026UniverNews | Kelajak qizlari: ilm, innovatsiya va yetakchilik 11-oktyabr — Xalqaro qizlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →