❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.
✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi.
🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.
⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.
✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
