TGViewer
Khumoyun Codes Khumoyun Codes @khumoyun_codes · 4.72K subscribers
Post #955 4.4K
Khumoyun Codes Assalomu aleykum kitob kutayotgan qadrli obunachilarim 😊 Kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga tarqatish yo'lini uzoq o'yladim, kuttirib qo'ygan bo'lsam uzr. Va nihoyat o'ylab o'yimga yetganimdan keyin sizlarga shartlarni yetkazmoqchiman. Pastda…
So'rovnomamizga 195 kishi javob qoldiribdi, shulardan asosiy qismi 100/100 savollarga berishgan, qanday qilibligini tog'risi menga ahamiyati yo'q, birma birmi, google/chatgpt va hkz orqali, yoki maxsus skript orqalimi shular orasida kitoblarimizning asosiy qismi tarqatilinadi. Kitob egalarini yaqin kunlarda jonli efirda tanlab olamiz.

Nega asosiy qismini deganimni sababi, shu 195 kishidan 11 kishi bu opa-singillarimiz ekan, ularga so'rovnomada so'ralgan kitoblarini tanlovsiz taqdim etishga qaror qildim. Nimagaligini mendan so'ramang, shunchaki shunday qaror qildim, ular erta avlod tarbiyalovchilari men uchun, boshqa hech narsa emas.

Quyidagi ro'yihatdagi opa-singillarimiz keyingi haftadan boshlab @EpicLabAdmin profiliga aloqaga chiqib hafta davomida kitoblarni olib ketishlari mumkin, yetkazib berish xizmatini va xarajatlarini o'z bo'ynimizga ololmaymiz. Ofisimiz kitoblarni bizga taqdim qilgan HAAD ta'lim markazidan uzoqda emas. Shunchaki Shahriston metro bekati yonida joylashgan Korzinka do'koniga kelinsa bas.

1. Akramova Muslimaxon
2. Madina Sa'dullayeva
3. Mubina
4. Ozodova Shodiyaxon
5. Raimjonova Zilola
6. Risolat Ikromova
7. Umida Shodiyeva
8. Xidirova Dilnoza
9. Zilola Kudratova
10. Zulxumor Bozorboyeva
11. Ozoda Rahimjonova

Ro'yihat so'rovnomada to'ldirilgan ismlarga asosan yig'ilgan, agar opa-singillarimiz orasidan kimnidir tanlab olmagan bo'lsam, so'rovnomada ism erkak kishiniki bo'lgan, shunichun uchun istisno qila olmaymiz. Agar ismingizni ayol kishiniki bo'la turib sizni tanlab olmagan bo'lsak, ushbu post tagida izoh qoldirsangiz qayta tekshirib ko'ramiz.

E'tiboringiz uchun rahmat!

P.S. Darvoqe, qolganlarni kanaldan chiqib ketishga shoshmasliklarini so'ragan bo'lardim. 5000 obunachi yig'ilgandan so'ng men o'zim shaxsan boshqa bir tanlov asosida yana 50ta kitob tarqatishni reja qildim. Undan tashqari yangi postlarni yozishga qaytamiz.

@khumoyun_codes
  • ❤ 21
  • 👍 9
  • 👏 4
  • 😡 4
More from @khumoyun_codes
  1. Sep 23, 2026AI yordamida motion grafika orqali video qilishga harakat qilib ko'rdim. Hech qanday, skil…
  2. Sep 21, 2026MyGovda tavsiya etilayotgan vakansiyalar beruvchi algoritmning, AI kelajagining bizni soha…
  3. Sep 11, 2026Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆 👍 Bu ye…
  4. Sep 9, 2026Backend yo‘nalishida o‘z bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun. Yandex Uzbekistan Toshkent…
  5. Sep 9, 2026Yangi setup 👨‍💻 Oxirgi 1.5 oydan beri yana uyda ishlashni boshladim, bilmadim nega lekin…
  6. Sep 8, 2026Maslahatlardan keyingi xulosa 🗒 Yuqoridagi mavzuda ko'p insonlar o'zlarini caselarini ayt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →