⚡️ ULUG‘BEK IZDOSHLARI olimpiadasining 4-mavsumining final bosqichi - yozgi maktabning dasturi.
Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga maxsus nashr qilingan kitob taqdim etiladi. Shuningdek, mahorat darslari, turli tadbirlar, texnoturlar va final olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Yozgi maktabga 4 xil usulda o‘quvchilar saralandi. Toshkent shahrida va Xorazm viloyatidagi oflayn olimpiadalar, platformamizdagi onlayn medalli olimpiadalar hamda "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasi.
Ushbu yozgi maktada faqat va faqat saralangan o‘quvchilar ishtirok etishadi.