Xabaringiz bor, 2024-yildan boshlab o‘quvchilarning barcha olimpiadalardagi natijalari umumlashtirib borildi va yakuniy reyting aniqlandi. Unga ko‘ra 57 nafar o‘quvchi "YOZGI MAKTAB-2024" - "Ulug‘bek izdoshlari olimpiadasining finali" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Bunda ular 14-21 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tadigan darslarda bepul ishtirok etishadi va yangi nashr etiladigan "Mantiqiy matematika-3" nomli kitobimiz taqdim etiladi. Yozgi maktab yakunida final olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va unda qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, ushbu faylda 🟥 rangda tasvirlangan (2024-yilda eng kamida 4 marta ishtirok etgan) 18 nafar o‘quvchiga ham yangi kitobimiz taqdim etiladi.
❗️ 1-IZOH: Bu ro‘yxat faqatgina Toshkent shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadalarimizga ko‘ra aniqlangan. Xorazm viloyatida o‘tkazilgan olimpiadalarimiz bo‘yicha yakuniy reyting va ularga beriladigan imtiyozlar @khiso_khorezm kanalida e'lon qilingan. Ular bepul yotoqxona va 3 mahal ovqatlanish bilan ta'minlanadi.
❗️2-IZOH: 3 kun ichida khiso.uz platformamizda yil davomida o‘tkazilgan "Ulug‘bek izdoshlari" va #khiso olimpiadalariga ko‘ra yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxati e'lon qilinadi.