TGViewer
Khondamir Abdukhoshimov Khondamir Abdukhoshimov @khanblogs · 340 subscribers
Post #779 644

Forwarded from Janob Panda

Farg’onaga sayohat

Hondamir ikkalamizni mutaxassis/mentor sifatida Toshkentdan Farg’onaga davlat banklari rahbarlarini AI bo’yicha o’qitish uchun yuborishdi. Bu o’quv dasturini yo’lga qo’ygan tashkilotlarga kattakon rahmat aytmoqchiman. Chunki bu men uchun ajoyib networking bo’ldi. Bir yilda tanishib ulgirmaydigan bank rahbarlarini, 2 kunda men bilan tanishtirib qo’ydi. Bilasizlar, men networking (o’zbekcha tanish-bilish emas) ni yaxshi ko’raman.

Kunimni mentorlik bilan o’tkazayotgan bir paytimda, bizni Farg’onadaligimizni eshitib, viloyat hokimining AI bo’yicha maslahatchisi Bahrom aka yetib kelibdi. Zudlik bilan Farg’ona IT hamjamiyatining asosiy vakillari bilan choyxona tashkil etib yubordi.

Rasmdagi jamoa haqida to’xtalgim yo’q, eng pachog’i menman )) Ular bilan uchrashganimda, xuddi o’zimni Farg’onaga o’shalar bilan ko’rishish uchun kelgandek his qildim, banklar uchun emas.

Bu kabi e’tiborni boshqa viloyatda ko’rmagandim. Xatto markaziy bank xodimlaridan rahbarlarigacha muomalali insonlar ekan. Mana buni mehmondorchilik desa bo’ladi.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 🎉 1
  • 🐳 1
More from @khanblogs
  1. Aug 16, 2026https://www.youtube.com/watch?si=yNV7foaiboNaQW5C&v=9Prlx-30xBQ&feature=youtu.be
  2. Aug 16, 2026Post #802
  3. Aug 14, 2026🎙 Yangi suhbat chiqdi! Bu safar dasturchilik, startup va AI haqida ancha ochiq gaplashdik…
  4. Aug 9, 2026AI-First thinking tuzog'iga tushib qolishni oxiri menimcha shunday bo'lsa kerak.
  5. Aug 9, 2026video post
  6. Jul 20, 2026🇺🇿 Data Fest 2026 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi Microsoft Developers Community in Uzbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →