📖 Compositing
Compositing (Kompoziting) — bu VFX ishining oxirgi va eng muhim bosqichi.
Oddiy qilib aytganda: Alohida-alohida yaratilgan barcha vizual elementlarni birlashtirish sanati.
Misol:
— Aktor yashil fon oldida suratga olinadi ✅
— Fon alohida CGI da yaratiladi ✅
— Yorug'lik, soya, tutun effektlari alohida render qilinadi ✅
— Compositor bularni bir kadrga birlashtirib, hamma narsa bir joyda tushgandek ko'rsatadi ✅
Bu ko'pincha Nuke yoki After Effects dasturida bajariladi. Hollywood filmlardagi bir kadrda ba'zan 100+ alohida element compositing orqali birlashtirilgan bo'ladi.
Siz ko'rgan har bir "real ko'ringan" kino sahnasining ortida compositor bor.
Soha haqida bilmoqchi bo'lgan yana qanday atamalar bor? 👇
@keyframe_uz
Post #78
82
- 🔥 2