👁 Siz ko'rmagan VFX eng yaxshi VFX dir
Bugungi filmlarning ko'pida eng ko'p ishlatiladigan VFX turi — ko'rib bo'lmaydi.
Bular "Invisible VFX" (ko'rinmas effektlar):
— Aktyor yuzidagi dog', jarohat yoki keraksiz narsalarni o'chirish
— Kabel, sim, jihozlarni kadrdan tozalash
— Fon binolarni butunlay raqamli almashtirish
— Havo rangini va ob-havoni korreksiya qilish
— Eski shaharni yangi shahar qilib ko'rsatish
2023 yilda Hollywood ning top-daromad filmlarining 80% dan ortig'i katta hajmli VFX ishlatgan.
Lekin ularning ko'pida siz hech qachon "bu CGI" deb ayta olmaysiz.
Bir film ko'rayotganingizda "bu qanchalik real" desangiz — demak VFX jamoasi o'z ishini mukammal bajargan.
@keyframe_uz
Post #83
99

- 👍 2
- ❤🔥 1