Astronomiya kursiga xush kelibsiz, doʻstlar!
🌏 Yer juda katta, ammo Quyosh bilan solishtirganda juda kichik. Quyosh esa butun bir Quyosh sistemasidan kichik. Quyosh sistemasi ham, oʻz navbatida, unga eng yaqin yulduzgacha boʻlgan masofadan kichikroq.Ha, aytgancha, kuzatib oʻrganilgan (taxmin qilganimizdan koʻra cheksiz boʻlishi ham mumkin) koinotdagi yuz milliardlab galaktikalardan biri hisoblangan bizning galaktikamizning oʻzida 100 milliarddan oshiq yulduz mavjud ekanligidan (ularning diametri 100 000 yorugʻlik yili atrofida) xabardormisiz? Bu maʼlumotdan soʻng oʻzingizni juda kichkina, deb his qilmang. Biz buni insonga yengillik baxsh etuvchi fikr deb hisoblaymiz. Ulkan borliq oldida insoniy kundalik tashvishlarimiz hech narsa emas. Shunday ekan, cheksizlikning bir boʻlagi ekanligingizdan faqat zavqlaning!
→ Telegram:
@kau_astronomiya→ YouTube:
bit.ly/3rEDnn9→ TAS-IX:
bit.ly/2Vg1IU4Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. #SizBuniUddalaysiz