📣 “NOOR LEGAL” advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimiga ishga taklif qiladi.
📌 Vazifalar:
🟢 protsessual va huquqiy hujjatlar (da’vo arizalari, shikoyatlar, iltimosnomalar va shartnomalar) loyihalarini tayyorlash;
🟢 sud ishlari bo‘yicha qonunchilik hamda sud amaliyotini (Oliy Sud Plenum qarorlarini) tahlil qilish;
🟢 advokat topshirig‘i bilan davlat organlari, sud va MIB idoralarida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va to‘plash;
🟢 ish jildlarini (delo) yuritish, tizimlashtirish va arxivlash.
📌 Talablar:
🟣 yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha OLIY MA’LUMOT yoki 3-4-bosqich / Magistratura talabasi bo‘lishi;
🟣 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi (FK, JK, FPK, JPK, MJtK) bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘lish;
🟣 savodli va mantiqiy yozish ko‘nikmasi (O‘zbek va Rus tillarini bilish ustunlik beradi);
Kompyuter savodxonligi (MS Office, Lex.uz bilan ishlash ko‘nikmasi);
🟣 yuqori mas’uliyat, intizom va advokatlik sirini saqlash majburiyati.
📌 Biz nimani taklif etamiz?
🟢 murakkab va shov-shuvli sud ishlarida bevosita ishtirok etish amaliyoti;
🟢 advokatlardan shaxsiy mentaship (ustoz-shogirdlik tizimi);
🟢 o‘quv grafigiga moslashtirilgan moslashuvchan ish tartibi (to‘liq yoki 0.5 stavka);
🟢 karyera va kasbiy o‘sish uchun barcha sharoitlar.
✈️ Rezyume (Obyektivka) va ma'lumotnomalarni yuborish uchun; @advokat_umidxon
📞 +998 91 882 01 01
📍 Toshkent shahri, Mirobod Tumani, A.Temur shox ko'chasi, 13A-uy
👮♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!
Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari