Ba'zida kun bo'yi ishlab, ancha ish qilgan bo'laman, lekin kun oxirida baribir nimagadir ulgurmagandek his qilaman. Xuddi yana ko'proq qilishim kerak edi, boshqalar esa mendan tezroq ketayotgandek.
Qizig'i, bu hissiyot faqat ish ko'pligidan paydo bo'lmaydi. Bo'sh vaqt chiqsa ham dam olish o'rniga undan yana biror foydali narsa qilish kerakdek tuyulishi mumkin. Chunki qilinadigan ishlarning o'zi hech qachon tugamaydi. Bittasini yopasiz, yana ikkitasi paydo bo'ladi. Agar xotirjam bo'lish uchun avval hamma ishni tugatishni kutsak, xotirjamlikning o'zi kelmay qolishi mumkin.
Ustiga boshqalar bilan solishtirish ham bor. Biri ishida sizdan oldinda, boshqasi ko'proq pul topyapti, yana biri startup qilyapti, boshqasi sportda yaxshi. Oxirida o'zingizni bitta odam bilan emas, yuzlab odamlarning eng yaxshi tomonlari bilan solishtirib qo'yasiz. Bunaqa taqqoslashda o'zingizni orqada his qilmaslikning o'zi qiyin ))
Hayotda "hammasiga ulgurdim" degan nuqta balki umuman yo'qdir. Har doim qilsa bo'ladigan yana nimadir topiladi. Ba'zi narsalar hozir muhim bo'ladi, ba'zilari esa kutib turadi. Bu har doim orqada qolayotganimizni anglatmaydi
@kamrondev
Post #439
983
- 💯 13
- 👍 3