TGViewer
Kamron Fozilov Kamron Fozilov @kamrondev · 657 subscribers
Post #455 505
Personal software davri boshlandi. Hozir istalgan odam 1-2 ta prompt bilan o'ziga kerakli ilovani yasab olyapti. Dasturchi bo'lish shart emas, nima kerakligini tushuntira olsangiz bo'ldi. Hatto bunga "software for one" degan nom ham chiqdi, ya'ni ilova millionlab odam uchun emas, bitta odam uchun yoziladi. Statistikaga qarasangiz, vibe coding qilayotganlarning ko'pchiligi professional dasturchi emas.

Shu sabab oxirgi paytlarda ko'p o'ylayapman: agar ilovani hamma o'zi qila olsa, oddiy kichik ilova sotishning ma'nosi qolyaptimi?

Ishlaydigan SaaS product yasash narxi taxminan $200,000 dan $5,000 atrofiga tushgan. Bozor ham buni sezdi, 2026 boshida bir hafta ichida software kompaniyalari aksiyalaridan $1 trillion dan ortiq qiymat uchib ketdi ))

Menimcha endi ilova emas, tizim sotish kerak. AI kod yozishni arzonlashtirdi, lekin murakkab tizimlarni yuritish, tarqatish va ishga tushirishni emas. Integratsiyalar, data, biznes jarayonlari, support, xavfsizlik, real workflow'ga moslashish, bularni 2 ta promptda hal qilib bo'lmaydi. Odam "o'zim prompt yozib qilib olaman" deb o'ylagan narsaga pul to'lamaydi, lekin biznesi to'xtab qolmasligi uchun ishlaydigan tizimga bemalol to'laydi

@kamrondev
  • 💯 11
  • 👍 2
More from @kamrondev
  1. Sep 30, 2026Nerda.Browser endi open source 🎉 Hajmi atigi 7.5 MB, Chromium'dagi browserlardek yuzlab M…
  2. Sep 30, 2026Dotlaringizni qabul qivoldingizlarmi?) (Bolt deb nom berdim) @kamrondev
  3. Sep 29, 2026Mac'da ishlatadigan ko'pchilik ilovalarimni o'zim uchun qaytadan yozib chiqdim. Hammasini…
  4. Sep 23, 2026Claude limiti cheksizdek tuyulyapti )) Claude to'xtamasdan ishlayapti, high effort levelid…
  5. Sep 22, 2026LOL Input: 2$, Output: 10$ GPT-6 Sol Agar bu benchmarkda Opus 5.5 darajasida bo'lsa, odaml…
  6. Sep 22, 2026GPT-6 Sol + Luna ham chiqdi W DAY xD @kamrondev
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →