🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
Murojaat uchun bot: @JizzaxMurojaatbot
Post #20634
219

Jizzax shahar va Forish tumanida ishsiz yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
✅Jizzax viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va bandlik masalalariga amaliy yechim topishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun Jizzax shahri va Forish tumanida mas’ul rahbarlar ishtirokida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Muloqotlarda yoshlarning mavjud imkoniyatlardan foydalanishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka qadam qo‘yishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘z faoliyatida natijaga erishayotgan yoshlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tengdoshlariga tavsiyalar berdi.
Uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va murojaatlar asosida yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook