“Yoshlar va Qonun” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
📑Joriy yilning 16-oktabr kuni Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Yoshlar va Qonun” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
14–18 yoshli ishtirokchilar huquqiy bilim va savodxonliklarini turli shartlar asosida sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Baxmal tumanining “Huquq va bilim” jamoasi,
🥈-o‘rin — Paxtakor tumanining “Advokatlar” jamoasi,
🥉-o‘rin — G‘allaorol tumanining “Qonun targ‘ibotchilari” jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng yuqori natijaga erishgan jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Post #36454
515










- 👍 3
- 🔥 1
- 👏 1