Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir Gʻallaorol tumani Doʻstlik mahallasida oʻtkazildi.
Tadbirda 2 ta gugurt qutisi ichidan jami 13,51 gr «marixuana» giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Tezkor harakatlar natijasida mazkur vositalarni 1995-yil Gʻallaorolda tugʻilgan fuqaro 1 mln soʻm evaziga sotgani aniqlandi. Tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs Bulungʻur tumanida 3 mln soʻm evaziga 8 ta gugurt qutisiga qadoqlangan, jami 45,33 gramm «marixuana»ni sotish vaqtida ushlandi.
Fuqaro vaqtincha istiqomat qilayotgan mazkur tumanidagi xonadon koʻzdan kechirilganda 188 gr «marixuana» aniqlandi, giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish uchun maxsus ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tezkor tadbirda 1997-yilda Gʻallaorol tumanida tugʻilgan, Sud-tibbiy ekspertiza markazi Jizzax filialida masʼul vazifada ishlovchi fuqaro ham qoʻlga olingan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bu xonadonda giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilib kelgan.
Website | Telegram |
Post #77605
1.53K




- 👍 4