Yashirilgan 30 gramm marixuana topildi
Zarbdor tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash bilan bogʻliq holat aniqlandi. Tadbirda 1969-yilda tugʻilgan Zomin tumani Nurlikent mahallasida yashovchi I.U.ning xonadoni va yordamchi xoʻjaliklari koʻzdan kechirildi. Natijada tandirxona va hammomdan 30 gramm marixuana topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qonunbuzarlik tasdiqlangan taqdirda, aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan choralar qoʻllaniladi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77627
1.05K


- 👍 1
- 😱 1