Jizzax shahrining Zargarlik mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi koʻp qavatli uylar oldida xatti-harakatlari bilan shubha uygʻotgan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan toʻxtatildi va tekshiruv uchun Jizzax shahar IIBning 2-sonli boʻlimiga olib kelindi.
Tekshiruv davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan fuqaro yonidan gugurt qutisiga solingan, yashil rangli, oʻtkir hidli, giyohvandlik vositasiga oʻxshash quritilgan oʻsimlik barglari maydalari aniqlangan. Fuqaroning bildirishicha, mazkur modda oʻzining shaxsiy isteʼmoli uchun olib yurilgan.
Holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ushbu moddaning aniq turi va tarkibiga huquqiy baho berish uchun tegishli tartibda ekpertizadan oʻtkazishga yuborildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77603
1.23K


- 👍 2