Sh.Rashidov tumani Jizzaxlik mahallasida ochiq sayyor sud tashkil etilib, jinoyat ishlari boʻyicha Sharof Rashidov tumani sudi tomonidan 25 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka doir material koʻrib chiqildi.
Sud jarayonida huquqbuzarlik holatlariga qonunchilik talablari asosida baho berilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi, jamoat tartibiga rioya qilish va oʻzaro munosabatlarda muomala madaniyatiga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oilaviy-maishiy nizolarni mahalla yettiligi va mahalla oqsoqollari ishtirokida oʻz vaqtida hal etish, kelishmovchiliklarning keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligi alohida taʼkidlandi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77537
948









- 👍 2