TGViewer
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal JIZZAX IIB | Rasmiy kanal @jiziib · 10.6K subscribers
Post #77546 997
Jizzax viloyatida 2026 yil 1 oktyabrdan 1 noyabrga qadar idora va tashkilotlar hamkorligida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida Jizzax politexnika institutida viloyat IIB va narkologiya dispanseri shifokorlari hamkorligida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’moli hamda tarqalishining oldini olish, bunday illatlarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, giyohvandlikning oldini olishda ogohlik, huquqiy bilim va sog‘lom hayot tarzining ahamiyati alohida qayd etildi.

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @jiziib
  1. Oct 14, 2026“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni ✅ QIDIRUVDAGI SHAXS USHLANDI ✅ JINOYAT ISHI…
  2. Oct 14, 2026Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy qadriyatl…
  3. Oct 14, 2026#MTRK #Oʻzbekiston24 Axborot 24 | Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida nazorat tadbirlari kuchay…
  4. Oct 14, 2026🛡 Киберхавфсизлик — APK-Qo`riqchi билан янада ишончли! Ички ишлар органлари ходимлари Жиз…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →