Jizzax viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari rahbarligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jinoyatlarning sabab va omillarini bartaraf etish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish, aholini internet firibgarliklaridan ogohlantirish va mobil qurilmalarda himoya dasturlaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77491
1.31K







- 👍 4
- 👏 1