Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda internet firibgarligi, zararli ilovalar va shubhali havolalardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘qituvchilarning mobil telefonlariga “APK Qo‘riqchi” dasturi o‘rnatilib, uning imkoniyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida moliyaviy xavfsizlik uchun mas’ul shaxslarni belgilash masalasiga e’tibor qaratildi.
Asosiy maqsad — ta’lim muassasalarini kiberjinoyatlardan xoli xavfsiz maskanlarga aylantirish va yoshlarni kiberxavflardan himoyalash.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77330
1.42K








- 👍 3
- 😢 1