Sh.Rashidov tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, qidiruv ishlari, jamoat tartibini saqlash, elektron materiallarni ko‘rib chiqish hamda aholi xonadonlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘riqlovga olish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlarining axborotlari eshitilib, erishilgan natijalar va aniqlangan kamchiliklar tahlil qilindi. Shu qatorda davlatimiz rahbarining PQ-302, PQ-303 va PQ-314-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, mahallalarda “ettilik” bilan hamkorlikni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77376
1.62K






- 👍 9
- 🔥 2