🔔 XIZMATGA QABUL QILISH BOʻYICHA TANLOV EЪLON QILINADI
Jizzax viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan, biroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida xizmat qilish istagini bildirgan fuqarolar diqqatiga!
(Izoh: Hozirgi kunda Jizzax viloyati IIBda boʻsh ish oʻrinlari mavjud emasligi, biroq ushbu hududdan ichki ishlar organlariga xizmatga kirish boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushayotganligi sababli ushbu imkoniyat yaratildi).
Oʻzbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi Qonuni, Prezidentning 2017-yil 29-noyabrdagi PQ–3413-son hamda 2023-yil 20-yanvardagi PQ–10-son qarorlari, shuningdek, IIVning 2026-yil 2-martdagi 114-sonli buyrugʻi talablaridan kelib chiqqan holda, Toshkent shahridagi qoʻriqlash boʻlinmalarining safdorlik lavozimlariga (faqat erkaklar) tanlov eʼlon qilinadi.
📋 Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar:
2026-yilning 8-oktyabridan 15-oktyabriga qadar kb.iiv.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
📌 Nomzodlarga qoʻyilgan asosiy talablar va shartlar bilan yuqoridagi rasmiy sayt orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
——————————
🌐 Bizni kuzatib boring:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77287
1.91K
- 👍 4