Jizzax viloyati IIB tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri o‘tkazildi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIB tasarrufidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim muassasasi jamoasi, fidoyi tarbiyachi va murabbiylar hamda jajji tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Unda ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri barchaga olam-olam quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77007
1.29K






- 👍 3
- 👏 2
- 🔥 1