TGViewer
Javohir Fikrlar Javohir Fikrlar @javokhir_notes · 1.38K subscribers
Post #86 1.51K
Data Science in Action

Bugun sobiq ish joyim Nielsen bizneslarga qanday qilib ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishda yordam berishi haqida gaplashamiz

Nielsen - audience measurements bo'yicha katta data analytics kompaniyalardan biri bo'lib, u real ma'lumotlarga tayangan holatda bizneslarning eng og'riqli jabhalarida ma'lumotlar analizi, suniy intellekt, tadqiqotlar, nevrologiya va statistika yordamida eng yaxshi/to'g'ri qarorlar qilishga va mijozlarga to'g'ri yondashishga yordam beradi.

Audience measurements - bu turli media platformalar, masalan, televizor, radio, raqamli va mobil platformalar orqali tomoshabinlarning iste'molini, xulq atvori, reaksiyasini kuzatish va tahlil qilish jarayonidir


Bu jarayon haqida qisqacha aytib o'tsam, Nielsen 100 dan ortiq davlatda ja'mi 750 ming panelistlar ya'ni o'zlari haqida ma'lumot berib turishga rozi ko'ngillilarni yollagan(albatta ularni rozi qiladi🙂). Bu odamlarni shunday tanlaydiki ular butun mamlakat aholisini 10-30% i bo'lib lekin eng kerakli 90%lik segment haqida hulosa chiqarish uchun yetarli bo'ladi(sample data). Ulardan deyarli barcha ma'lumotlarni yig'adi masalan TV, radio, elektron gadjetlar, xaridlar, qayerga/qanday boryabdi, mediani qanday qabul qilyabdi va hkz. Bundan tashqari, chakana savdo obyektlari va katta savdogarlar bilan ham ma'lumotlar yigish bo'yicha hamkorlik qiladi.

Va bu ma'lumotlar orqali turli xil xizmatlarni taqdim etadi, hammasini aytib o'tirmayman, ulardan eng keng tarqalganlari:

1. Media Measurement - asosan auditoriya TV, radio, internet, va boshqa elektron vositalardagi media ma'lumotlari(demografiya, jalb qilish ko'rsatkichlari, kontent ko'rish ketma-ketligi)ni kuzatish va analiz qilish.
2. Consumer Insights - istemolchi va foydalanuvchilarning xarid qilish psixologiyasi haqida insaytlar
3. Retail Analytics - savdo-sotiq analitikasi bu savdo ma'lumotlari tahlili orqali mahsulotlarni narxlash strategiyalari, joylashuvi, kombinatsiyasi va boshqalar kanallar orqali savdo operatsiyalarini optimallashtirish uchun yordam beradi

Keling 1-2 biznes keyslarni misol qilamiz:
1. Do'kondagi qo'yiladigan musiqalarni sotuvlarga qanday ta'sir qilishi, agar sezilarli ta'sir qilsa qaysi vaqtda qanday janr, ritm va bitdagi musiqalar qo'yish kerakligi tahlili.
2. Reklamardagi ROI(returns on investment) ko'rsatkichini optimallashtirish uchun qanday marketing strategiyalarini qo'llash kerakligi
3. Jarayon optimizatsiyasi uchun qanday eksperimentlar o'tkazish haqida tadqiqot, talablar bashorati sistemasi va hkz

Postni iloji boricha qisqaroq va tushunarliroq qilishga harakat qildim, lekin ma'lumotlar ancha ko'p, agar qiziq bo’lsa ushbu insaytlar bo'limida to'liqroq o'qishingiz mumkin
Linkedin Nielsen | LinkedIn Nielsen | 1,524,031 followers on LinkedIn. Powering a better media future for all people | Nielsen shapes the world’s media and content as a global leader in audience insights, data and analytics. Through our understanding of people and their behaviors across…
  • 👏 7
  • 🔥 3
  • 👍 2
More from @javokhir_notes
  1. Jul 7, 2026Hayotda ancha, anchaa foydasi tegadigan lekin biz unchalik mensimaydigan ko'nikmalar - yoz…
  2. May 27, 2026Qurbon hayiti muborak bo’lsin 😘🥰🥰
  3. May 26, 2026Gitara chalish uchun endi gitara chalishni bilish shart emasmi? deyarli hammada shunaqa ho…
  4. Apr 10, 20261-2 hafta oldin ustoz Hasanxon domla bilan Oxfordga safar qilib keldik yaqindan gaplashark…
  5. Mar 20, 2026Eid muborak bo’lsin 🌙 Ko’p ko’p hayitlik, zakot beradiganlardan qilsin 🙂 🤲
  6. Mar 4, 2026Na’jot ta’lim va AICA dagi tadbirlarda juda qiziq savollar va mavzular bo’ldi, iloji boric…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →