Eng ko'p keladigan savollardan biri : "Data Science o'rganmoqchiman nimadan boshlay, qayerdan o'rgansa bo'ladi"
Bugun shu mavzuda yozaman. Faqat bu ideal yoki eng to'g'ri yo'l degani emas, o'zim tajribam va sinab ko'rgan yo'llarni ulashaman.
Men offline kurslarga borib emas, online o'zim o'rganganim uchun, post asosan online o'rganuvchilar va Ingliz tilini biladigan uchun bo'ladi
Diqqat : beradigan linklarimga hech qanaqa referral yoki boshqa aloqam yo'q
1. Avvalo yo'nalish tanlab oling. Data sohasida asosan Data Scientist, Data Engineer, Data Analyst va Machine Learning Engineer yo'nalishlari bor. Prioritetlaringiz, talablar, qiziqish va job marketdagi faktorlarga qarab 1 ta yo'nalish tanlang. Ushbu linklar(link 1, link 2, link 3) orqali bu rollar haqida to'liqroq ma'lumot olsangiz bo'ladi
2. Kurs. Yo'nalish tanlab bo'lganingizdan so'ng, shu bo'yicha kurs toping. Men shaxsan Datacamp.com va Udemy saytlaridan o'rganganman, qoganlargayam shularni maslahat beraman. Datacampni ustun tomoni darslar interaktiv, resume uchun projectlar bor, hamma yo'nalish uchun bootcamp va mini kurslari bor. Student bo'lsangiz 3 oyga tekinga olishingiz mumkin bo'lmasa oylik narxi $21 lekin arziydi.
3. Loyihalar. Pet-projectlar bilimlaringizni qo'llash va ko'rsatish uchun eng yaxshi yo'llardan. Kaggle.com dan ochiq ma'lumotlar topsangiz bo'ladi. Datacamp o'zida ham loyihalar qilish kurslari bor. Agar kichkina bo'lsa ham o'zingiz hayotingizdagi muammoni yechishga doir loyiha qilsangiz nur ustiga alo nur
4. Real tajriba eng muhimi. Kurslar tugatganingizdan keyin kurslarga yoki pet-projectlarga bog'lanib qolmang, internshipga kirishga harakat qiling. Resume qilish bo'yicha tepada yozganman. Intervyularga tayyorlanish haqida ham keyinroq yozaman
5.Business acumen. Bu sohada, texnik bilimlardan tashqari biznes bilimlarni o'rni ham katta. Ma'lumotni zo'r analiz qilishdan ko'ra undan zo'r insight va hulosa olish muhimroq. Albatta bu bilimlar tajriba bilan keladi. Bu haqida yana yozaman to'liqroq. Undan tashqari Oreilly nashriyoti tomonidan "Data Science for dummies" va "Data Science for Business" kitoblarini o'qisangiz ham bo'ladi
Post #167
3.23K
- 👍 23
- 🔥 12
- 🤩 3
- 👏 2
- 🐳 2