TGViewer
Javohir Fikrlar Javohir Fikrlar @javokhir_notes · 1.38K subscribers
Post #16 2.17K
Pul va Vaqt

O'zbekiston sharoitida yillik daromadingiz o'rtacha $100-300+ ming bo'lganidan keyin, qarzingiz bo’lmasdan o'z uyingiz va mashinangiz bo'lsa, umuman olganda Jeff Bezos, Elon Musk yoki Alisher Usmonov larning hayot sifati bilan siznikida unchalik katta farq bo'lmaydi. Ikkovingizdayam bir xil vaqt qoladi bu dunyoda agar sizda 2-3 marta ko'proq qolmasa🙂.

Ya'ni shu marraga erishganingizdan keyin o'zingizni ulardan "boy" deb hisoblasangiz ham bo'laveradi. Osh, qozon kabob, gamburger, KFC, non, kola - umuman ular istemol qiladigan va ichadigan mahsulotlar sizga bergan "kayf" dan ortiq "kayf" bermaydi ularga.

Hayot faqat yeb ichish bilan o'lchanmaydiku dersiz, to'ppa to'g'ri, hop sizda million dollarlik yaxta bo'lmaydi ularga o'xshab, lekin shuncha boyligi(tashvishi) bo'lgan odamda halovat bilan usha yaxtada suzishga 1 yilda necha marta vaqti bo'ladi deb o'ylaysiz?

Qisqa qilib aytganda, shu summaga erishganingizdan keyin, shu summaga erishish uchun voz kechgan narsalaringiz ko'proq qadirli bo'lib qoladi yoki oldin ham qadrli bo'lgan faqat siz bilmagansiz: sog'liq, vaqt, oilangiz, yaqinlariz va do'stlaringiz bilan birga qilolmagan "ujin", sizni deyarli uncha yaxshi tanimay katta bo'lib qolgan farzandingiz, jiyaningiz va hk.

Bu postda ichimdagi gaplar yana uzun davom etishi mumkin edi...
  • 🔥 34
  • 👍 9
  • 😢 5
  • ❤ 4
  • 💯 1
More from @javokhir_notes
  1. Jul 7, 2026Hayotda ancha, anchaa foydasi tegadigan lekin biz unchalik mensimaydigan ko'nikmalar - yoz…
  2. May 27, 2026Qurbon hayiti muborak bo’lsin 😘🥰🥰
  3. May 26, 2026Gitara chalish uchun endi gitara chalishni bilish shart emasmi? deyarli hammada shunaqa ho…
  4. Apr 10, 20261-2 hafta oldin ustoz Hasanxon domla bilan Oxfordga safar qilib keldik yaqindan gaplashark…
  5. Mar 20, 2026Eid muborak bo’lsin 🌙 Ko’p ko’p hayitlik, zakot beradiganlardan qilsin 🙂 🤲
  6. Mar 4, 2026Na’jot ta’lim va AICA dagi tadbirlarda juda qiziq savollar va mavzular bo’ldi, iloji boric…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →