Dasturlashni o‘rganish endi kerak emas!AI juda tez rivojlanyapti. Bu bir tomondan yaxshi, lekin ikkinchi tomondan ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Agar esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili 'AI ko‘pchilikning ishini olib qo‘yadimi?' degan xavotirlar bor edi. Bugun esa bunday savollar kamaydi, chunki amalda bu jarayon qanday kechayotganini, ayniqsa dasturchilar misolida ko‘rib turibmiz.
AI ish joylarini ikki xil usulda egallaydi:
Birinchisi: AI sizning qilayotgan ishingizni o‘rganib oladi va uni sizdan yaxshiroq bajaradi.
Ikkinchisi: U sizning ishingizga umuman hojat qoldirmaydi.
Aynan shu ikkinchi holat bo‘yicha O‘zbekistondagi vaziyatni misol keltirmoqchiman. Bizda odamlarning gap-so‘zlarga ishonishi juda oson. Masalan, 3-4 yil oldin 'dasturlashni 3 oyda o‘rganib, oyiga $10,000 topasiz' degan balandparvoz gaplarga ko‘pchilik ishongandi.
Bugun esa teskarisi: 'Dasturlashni o‘rganish umuman kerak emas, AI o‘zi hamma dasturni yarata oladi' degan qarash paydo bo‘ldi. Natijada dasturlash kurslariga talab kamayib ketdi. Mana shu - ikkinchi usul orqali ko‘pchilikning 'ishsiz' qolishiga (yoki sohaga kirmay ketishiga) sabab bo‘layotgan real misoldir.
Siz nima deb o‘ylaysiz, dasturlashni o‘rganish haqiqatdan ham o‘z ahamiyatini yo‘qotdimi yoki bu shunchaki navbatdagi vaqtinchalik 'hype'mi?
@naxalov