2079 yil...
Blogerlar oilasi!
Ota: Qizim sen ham katta bo‘lib qolding! Endi o‘z blogingni yoki Instagram kanalingni yuritishni boshlashing kerak!
Qiz: Yo‘q dada, men bloger bo‘lishni istamayman, o‘zimning orzularim bor, doktor bo‘lmoqchiman... ToshMIga kiraman!
Ota: Qizim biroz fikr qil! Ota-bobomiz buyuk blogerlar bo‘lishgan, oilamizning shon-shuhrati shu kasbni orqasidan axir!
Ona: Qizim o‘zing o‘yla, 10 yil o‘qib, qancha ham oylik olarding? 4-5 ming dollar oylikka tinim bilmay mehnat qilasan! Dadang ikkalamiz bu pulni bitta reklama post qilib topamiz!
Qiz: Yo‘q Oyi, bu Sizlarning orzu-havaslaringiz! Men insonlarning umrlarini saqlab qolmoqchiman! Ularga yaxshilik qilishni niyat qilganman!
Ota: Eh, qizim! Axir blogerlar ham odamlarga katta yordam beradi... nega tushunmaysan... mana yaqinda #tabiatniasrang harakatini orqasidan qancha daraxtlar kesilishi oldi olindi! Shahrimizda millionlab yangi daraxtlar ekildi... bu eng savobli ish!
https://youtu.be/W3iafnsuUec✅
@javohir_webdev