β‘οΈ
Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda gβalaba qozondi. Chatbotlar unga kamida 73 000 dollar tejab qolishga yordam berishdi.Linn Uayt treyler parkida ijara toβlovini kechiktirgan. Garchi Los-Anjeles qonunlari boβyicha 12 oylik imtiyozli davrga ruxsat bor boβlsa-da, mahalliy advokat ishni yutqazgan.
Shundan soβng Linn apellyatsiya berishga qaror qildi va maslahat uchun neyron tarmoqlarga murojaat qildi. U barcha hujjatlarni ChatGPT'ga yukladi va bot ishni qayta koβrib chiqish uchun protsessual xatolarni aniqlashga yordam berdi. Qoβshimchasiga Perplexity Pro'ni ham ulab, himoyasini mustahkamlash uchun zarur qonunlarni oβrgandi.
Oxir-oqibat, sud uning tarafini oldi. Linn 55 000 dollar jarima va 18 000 dollar qarzdorlik toβlovidan ozod etilib, koβchish toβgβrisidagi bildirishnomani bekor qilishga muvaffaq boβldi.
π
DigiTech