TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.71K subscribers
Post #2468 2.87K
Hammasi nazoratda

OpenAi o’zining chiroyli sarlavhalik maqolasini e’lon qildi. «Odamlarga Eng Kerakli Paytda Yordamlashamiz»! Aslida esa chirkin maqsadlariga yo’l ochish uchun maqola e’lon qildi! Xavfsizlik «niqobi» ostida qilinayotga bu algoritmik o’zgarishlar odamlarning emotsional, o’ta shaxsiy profilini tuzishga chuqur yordam beradi. Endi tasavvur qiling, sizni ichki kechinmalaringiz bilan to’liq profilingizni tuzib chiqqan Sun’iy Intellekt, sizga har qanday narsani sota oladi. Sizni hohlagancha nazorat qila oladi.

Bu xavfsizlik “da’vosi”ning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, har bir yozgan so‘zimiz real vaqt rejimida “skan” qilinadi.

Bu esa:

• Doimiy kuzatuv – barcha suhbatlarimiz xavf signallari uchun «tekshiriladi».

• Profil yaratish – vaqt o‘tishi bilan odamning ruhiy holati bo‘yicha “dosye” tuzilishi mumkin.

• Tashqi aralashuv – xavfli deb topilgan ma’lumotlar moderatorlar (insonlar) ko‘rigiga tushadi, ba’zan huquq-tartibot idoralariga ham.

• Ma’lumot markazlashuvi – odamlarning eng shaxsiy, sog‘liq va hissiyotga oid ma’lumotlari bir joyda jamlanib, kompaniya yoki boshqalar tomonidan suiiste’mol qilinishi mumkin.

• Tarmoq kengayishi – favqulodda kontaktlar, tashqi mutaxassislar bilan ulanish esa yanada ko‘proq ma’lumot almashinuvini keltirib chiqaradi.

Xullas, yordam niqobi ostida odamlarning eng shaxsiy suhbatlarini doimiy ravishda kuzatish odatiy holga aylanish xavfi bor. Shu orqali “insonlarga yordam” degan shior bilan ommaviy raqamli nazorat dunyosi shakllanishi mumkin.

1984 ga xush kelibsiz.

@birfoizbilim
  • 👍 11
  • 👨‍💻 4
More from @javohir_webdev
  1. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
  2. Oct 11, 2026Post #3113
  3. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
  4. Oct 10, 2026YouTube’da video chiqadi! 🥳🔥 YouTube’da 100 ta like yig‘sak, Gemini Agent Mode yasash bo…
  5. Oct 10, 2026https://youtu.be/ZLVc3oo3kdA
  6. Oct 10, 2026Gemini Pro orqali AI Video Yaratish 🔥 | Gemini Flow dars Yangi dars bugun YouTube kanalim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →