TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.77K subscribers
Post #2300 2.15K
Bu yozning eng muhim va qimmat transferlari futbol yoki NBAda emas, balki AI bozorida bo'lmoqda.

META korxonasi juda agressiv ravishda sun'iy idrok jamoasini qayta tuzmoqda. Uning uchun shu kunlarda Googledan, OpenAIdan yulduz/top AI injenerlar, tadqiqotchilarni o'ziga tortib olibdi. Va albatta katta pul evaziga.

Masalan, Krishtiano Ronaldo Manchester Yunayteddan Real Madridga 80 million dollarga o'tgan bo'lsa, Jiahui Yu OpenAIdan METAga 100 million dollar evaziga o'tibdi (albatta, bu sodda solishtirish, detallarni qoldirgan holda). 100 million dollar.

Bu masalada 4ta narsani aytib o'tay:

1) AI poygasi juda qiziq bo'lyapti, ko'z oldimizda bo'lyapti va o'zimiz turli modellarni ishlatib, sinab ko'ryapmiz. Qanday qiziq davrdamiz-a?
2) O'sha gap: AQSh, ilm-fan va umuman rivojlanish uchun immigrantlarning o'rni beqiyos. Paradoks shundaki, AQShda, oldinga surilayotgan anti-immigrant narrativ va harakatlarning fonida bo'layotgan texnologik sektordagi rivojlanishlar aynan immigrantlarni deb ham. META jalb qilgan barcha AI yulduzlari ham immigrantlar.
3) Non-compete clauses (ishchilarning yangi ish beruvchiga o'tib raqobat qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma) larning bo'lmasligi innovatsiya uchun muhim.
4) Llamadan endi katta o'zgarishlarni kutish mumkin, eng muhimi bu open-source.

@uzbekonomics
Sherwood News Zuckerberg announces new AI hires for “Meta Superintelligence Labs” Zuckerberg has been actively recruiting top AI researchers from competitors reportedly by offering compensation packages worth $100 million....
  • 👍 7
  • 👨‍💻 1
More from @javohir_webdev
  1. Oct 13, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  2. Oct 13, 2026Like bosamiz YouTube’da 100 ta like yig‘sak Gemini Agent Mode Spark haqida video chiqarama…
  3. Oct 12, 2026⚡️ Gemini 4 Carbon: Google ichki testlarda raqobatchilarni ortda qoldirmoqda! Google xodim…
  4. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
  5. Oct 11, 2026Post #3113
  6. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →