TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.82K subscribers
Post #2025 1.44K

Forwarded from Xushnudbek.uz

‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham chetda qolgani yo‘q.

Biz ham sun’iy intellekt yutuqlaridan foydalanib, O‘zA uchun robot-muxbir modulini yaratdik. Real inson prototipini o‘zlashtirgan ushbu modul kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratish imkonini beradi, bunda insonning yuz va qo‘l harakatlari hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.

Ushbu muxbir 9 ta tilda — o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu muxbirga biz Sobira Xoldorova deb nom berdik. Chunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional jadid ayol jurnalisti edi va qatag‘on qurboni bo‘lgan ushbu yurtdoshimizning yorqin xotirasini tiklashni maqsad qilganmiz.

Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz.

Xullas, biz bir necha oylik mehnatimiz samarasini bugun rasman e’lon qildik. Buning ustida katta jamoa qattiq mehnat qildi, ularga ham rahmat aytaman. Ilohim, boshlagan ishimiz xayrli bo‘lsin.

Ko‘ring va baho bering.


👉 @xushnudbek 👈
  • 🔥 12
  • 👍 2
More from @javohir_webdev
  1. Oct 15, 2026🚨 Endi Google Antigravity ham pullik bo‘ladi! ➕ Yaxshi tomoni, endi Antigravity’da Claude…
  2. Oct 14, 2026Mana, Xudodan qo'rqmaganlar qanday targ‘ibot qilishadi! Butun umr davomida odamlar yutqazg…
  3. Oct 14, 2026Bonus bugun yopiladi
  4. Oct 14, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  5. Oct 14, 2026🔥 Gemini 4 Argon Pro tarifiga ham keldi! 🥳 Hozircha hammada birdaniga paydo bo‘lmasligi…
  6. Oct 14, 2026Va nihoyat, Gemini 4 Argon rasman e’lon qilindi! 🔥🎆 Hozircha yangi model faqat Ultra tar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →