Nega ba'zi ishlarga ulgurmayabman degan savol qiynayabdimi?
Sizlarga o'zim ishlatadigan bir zo'r intizom haqida aytmoqchiman. Kuningizda muhimlilik darajasi
eng past narsalarni iloji boricha
eng birinchi tugatishga harakat qiling. Chunki kech kirib qolsa, biror joyga mehmonga borib qolishingiz mumkin, yoki siznikiga mehmonlar kelib qolishi mumkin, yoki biror boshqa ishlaringiz chiqib qolishi mumkin, charchab qolishingiz mumkin va hokazo. Mana shu holatda muhim emas ishlarni qilish
shartmi??? degan savol miyyaga bir zumda keladi va
ertaga qilaman deyiladi. Ammo muhim ish bo'lsa, uhlamasdan bo'lsa ham u ish qilinadi. Shuning uchun o'zim ham shu intizomga amal qilaman. Hozir ham soat tungi
2:41 bo'libdi. Leetcode uchun yangi kun soat 1 da boshlanadi. Qancha erta tugatib qo'ysangiz keyin u haqida hecham qayg'urmaysiz. Yana biri esa o'zingizni shu ishni qilishga majbur emas mas'ul deb qarang. Chunki mas'uliyat majburiyatdan ancha samaraliroq. Hammaga hayrli kun tilab qolaman.
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram |
Youtube