TGViewer
JavaHere's Blogs 🚀 JavaHere's Blogs 🚀 @javahereblogs · 2.23K subscribers
Post #904 6.1K

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

“Umid yo’q. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz”

deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi.

Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang:

Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir.

Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar.

Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi.


E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish.

Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan.

Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos.

O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi?

Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi.

@jakhonrakhmonov
  • 👍 27
  • 💯 5
  • 👌 1
  • 👨‍💻 1
More from @javahereblogs
  1. Sep 29, 2026Universitet boshlandi Qiziq narsalar örgatishyabdi. Töğri, internetda tekinga örgansa böla…
  2. Sep 26, 2026Avtomatlashtirish Oldin: 1. Kurs e'loni 2. Google form orqali ro'yxatdan o'tish 3. Har bir…
  3. Sep 22, 2026Muammo faqat pulda emas… 1. Bo’lib to’lash qo’shilganda odatda narxlari to’liq to’lagandan…
  4. Sep 19, 2026DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun…
  5. Aug 28, 2026Yechim 1. aID lardan foydalanib BF (Bloom Filter) qurdim. 2. B table ni BF o'tkazib oldim.…
  6. Jul 23, 2026Join task (updated) Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 50 million…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →