Chaynab ko'rish kerak
Oldinlari pultlarni batareykasi ishlamay qolsa, bir ikki marta tishlab qo'ysak ishlab ketardi. Shakli ham ajoyib va kulguli bo'ilb qolardi.
Shu ishni batareykadan boshqa narsalarda ham sinab ko'rish mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Bir marta yaxshi uxlab turganimizda bizda paydo bo'ladigan quvvatni yangi batareyka deb tasavvur qilaylik. Chala uxlagan paytlarimizni esa boshqa pultdan olib ishlatmoqchi bo'lgan, ishlatilgan batareyka deyish mumkin.
O'qiymiz, ishlaymiz va miyyamiz batareykani yangilash (uxlab olish) kerakligini aytadi. Balkim, rostdan ham o'ta charchagan va uxlab olish kerakdir. Lekin shu payt biz ham batareykamizni chaynab ko'rsak uzoqroqqa yetadi. Xo'sh qanday qilib?
Kofe ichsak, havoni almashtirsak, yugurib kelsak yoki boshqa biror nafsni chalg'itadigan ishlarni qilsak, huddiki batareykani chaynagandek bo'lamiz va bir qancha muddat yana ishlab beradi.
Javohir
23.01.2024
Polsha
Post #869
3.01K
Forwarded from Javohir Akram
- 👍 39
- ❤🔥 3
- 😁 3
- 💯 3
- 👌 2