TGViewer
JavaHere's Blogs 🚀 JavaHere's Blogs 🚀 @javahereblogs · 2.23K subscribers
Post #819 1.41K

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Juniordan middlega, middledan seniorga o’sishning siri

Siz anchadan beri yaxshi ishlaysiz va harakat qilasiz lekin negadir o’z darajangizda qotib qolgandeksiz. Juniordan Middlega yoki Middledan Seniorga negadir chiqa olmayapsiz. Nima yetishmayotganini bilmayapsiz. Unda bu maqola siz uchun. Shu maqolada aytilgan narsani qilsangiz va rostdan ham yaxshi ishlab kelayotgan bo’lsangiz yil ohirigacha bir marta promotion olishingiz ehtimolligi ancha oshadi.

Bu sirni aytishimdan oldin bir narsani yaxshilab tushunib olaylik. Karyerangizda o’sish bu sizning masuliyatingiz. Menejeringizniki emas, jamoa leadining vazifasi emas. Sizniki. Agar siz o’zingiz mu masuliyatni his qilmasdan yuraversangiz, 2 yilda olishingiz kerak bo’lgan promotionni 5 yilda olasiz. “Menejerim ko’rib turibdiku yaxshi ishlayotganimni. Bir kun kelib menga promotion bersa kerak” deb yuraverish noto’g’ri. Kerak bo’lsa bazi bir kompaniyalar uchun siz middle sifatida kamroq oylik olib seniorning ishini ko’proq qilib yurishingiz afzalroq.

Demak promotion olishingiz uchun sizga 2ta narsa kerak:
- Yaxshi ishlashingiz kerak
- Qolganlar, ayniqsa menejeringiz siz yaxshi ishlayotganingizni bilishi kerak

Menejer o’zidan o’zi siz va qolganlar qanday ishlayotganini bilib qolmaydi. Siz unga o’zingiz aytishingiz kerak. Shunchaki aytibgina qolmay, yaxshilab aytishingiz kerak. Yaxshilab aytish uchun esa siz ohirgi 1 yil, 2 yil davomida qilgan ishlaringizdan o’zingiz ham bilishingiz kerak. “O’zim qilgan ishni albatta bilaman, qanday qilib bilmasligim mumkin?” deysizmi? Chunki 1, 2 yil bu uzoq vaqt va ko’p ma’lumotlar, detallar esingizdan chiqishi aniq. Esingizdan chiqdi degani qilgan ishingiz yo’q degani. U sizga promotion olishga yordam bera olmaydi. Chunki u haqida hech kim, hattoki o’zingiz ham bilmaysiz.

Ho’sh nima qilish kerak? Har hafta yoki kamida har oy ohirida shu vaqt oralig’ida nima qilganingizni yozib olish kerak. Muhim bir ishni mustaqil ravishda tez muddatda tugatdingizmi? Yozib qo’ying. Zo’r code review qildingiz va natijada katta bugni oldini oldingizmi? Yozib qo’ying. Kimdirga mentorlik qildingizmi? Yozib qo’ying. Hullas meni tushundingiz.

Yozganda ham barcha detallarini yozib qo’ying. Menga va boshqa ko’pchilikka yoqadigan format bu STAR metodi. Yani Situation, Task, Action, Result degani. Masalan:

Situation: Bizning dastur foydalanuvchilar ko’paygan paytda sekin ishlashni boshladi.
Task: Men nega bunday bo’layotganini tushunib, to’g’irlamoqchi bo’ldim.
Action: Loglarni va monitoringni tekshirdim. Bazibir malumotlar bazasiga borayotgan querylar soatlab qotib qolayotganini va natijada serverlar resursini yeb qo’yayotganini ko’rdim. Bu querylarni tezlashtirish ustida ancha ishladim va ularni optimallashtirdim.
Result: Natijada foydalnuvchilarimiz sonidan qatiy nazar dasturimiz oldingiday tez ishlashni boshladi. Bu esa foydalanuvchilariz tomonidan kelayotgan shikoyatlarni kamaytirdi va brandimiz obro’sini ko’tardi.

Har bir detalni yozing va isbotlarini ham qoldiring. Shu STAR formatida yozsangiz hikoyalaringiz ham chiroyli chiqadi. Keyin bunday ishlarni yetarllicha qilganingizdan so’ng menejeringizga bemalol borib mana men shu ishlarni qilganman deb aytishingiz mumkin. Sudda yutish uchun dalillar kerakku? Huddi shunaqa narsada bu ham.

Yaxshi ishlang, dalillarni yozib boring, promotion oling, ko’proq pul toping, oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing.

@jakhonrakhmonov
  • ⚡ 16
  • 👍 2
  • 🤔 2
  • 🫡 1
More from @javahereblogs
  1. Sep 29, 2026Universitet boshlandi Qiziq narsalar örgatishyabdi. Töğri, internetda tekinga örgansa böla…
  2. Sep 26, 2026Avtomatlashtirish Oldin: 1. Kurs e'loni 2. Google form orqali ro'yxatdan o'tish 3. Har bir…
  3. Sep 22, 2026Muammo faqat pulda emas… 1. Bo’lib to’lash qo’shilganda odatda narxlari to’liq to’lagandan…
  4. Sep 19, 2026DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun…
  5. Aug 28, 2026Yechim 1. aID lardan foydalanib BF (Bloom Filter) qurdim. 2. B table ni BF o'tkazib oldim.…
  6. Jul 23, 2026Join task (updated) Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 50 million…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →