Afsuski sen bo'lmasang boshqasi
Chess.com ning mobil ilovasi bor. Siz 1, 3, 5, 30, 60 .... daqiqalik shaxmat o'yinini o'ynashingiz mumkin, har qalay Instagramdan foydaliroq hayot boshlandi. 5 daqiqa vaqt paydo bo'ldi degancha 1 daqiqalik shaxmatdan 2 ta o'ynasa bo'ladi. Ammo bu ham o'ziga qattiq bog'lab qo'yar ekan. Bir kunda ~1 soat vaqtimni shu yeydigan bo'ldi. Undan ham voz kechdim.
Yana shu, sen bo'lmasang boshqasi deb Youtube shorts kelib qoldi. Va bugun huddi Instagram bilan kuzatilgan voqea ya'ni 3 soatni Youtube shorts yeb qo'ydi. Shuning uchun Youtube mobil versiyasidan ham voz kechdim:).
Bu qilayotgan ishlarimdan albatta xursandman. Ammo bir tomondan o'zimga rahmim kelyabdi. Nima uchun ulardan qochib qutulmoqchiman, kamroq foydalanish orqali ham foydalansa bo'ladi, nima uchun o'z nafsimni yenga olmayabman?!
Post #747
951
- 👍 2