Instagramsiz hayot
Instagramni bir yaxshi tarafi bor. Qisqa vaqtli zerikishni yengish uchun juda oson yo'l. Masalan 5 daqiqa bekatda avtobus kutyabsiz. Biror ilm o'rganay desangiz shovqin, tikka turbsiz, boshlaganingizcha 5 daqiqa tugab qoladi. Shu vaziyatda bir damolib Instagram ko'rgingiz keladi. Menda ham shunday edi. Ammo bir kuni...
Uyda o'tiribman. Uxlash uchun aniq bir vaqt tayinlab olgan edim. Bekatdagi voqea ishlarim erta tugab, 5 10 daqiqa nimadir qilishga vaqt qolgan edi. Instagramni ochdim va 5 10 sekundlik videolardan ko'rishni boshladim. Qizigandan qizib ketdi. Hozir tugaydi, Hozir tugaydi, Hozir tugataman... Menga chiroyli sonlar yoqadi. Masalan 22:00, 22:22, 23:32 ...
Instagramdagi video tugashi shunaqa paytga kelishini kutib video ko'rishda davom etaverdim. 22:01 bo'lib qolsa, "Ha mayli 22:22 hozir keladi" deb ketaverdim ketaverdin va 3 soat, naqd 3 soatcha Instagramda qolib ketdim. Shu kuni afsuslandim va instagramdan voz kechdim.
Bir birda post qo'yish uchun kompyuterdan web versiyasidan kirib turgandim, hozir u ham yo'q. Va negadir hech narsadan quruq qolib ketmadim:).
Bu voqeaga 4 oy bo'ldi...
Post #746
802
- 👍 16
- ❤🔥 2
- 🔥 2