Ikkinchi kunga tayyormisiz?
MAANG challenge 2-kuniga start beramiz. To'g'ri video muddati bir soat. "Nima 1 soat-a, ehhe boshqa ish qil undan ko'ra" deyishingiz mumkin. Sizlarga bir narsa haqida aytmoqchiman. Deyarli hammada amalga oshirmasayam qilmoqchi bo'lgan bir talay ishlari bo'ladi. Shu ishlarni qilaman deb maska sifatida foydalanadi. Ya'ni boshqa nimadir qilishi kerak ekanligini eshitsa yo'g'e o'zimda ishlarim juda ko'p deydi. Ammo shu ishlarini o'zini ham ko'pincha tugata olmaydi(Agar tartib bilan qilinmasa). Shuning uchun bugun sizlarga shunaqa ishlar ko'p bo'lgan vaziyatda qanday qilib vaqt topish mumkin ekanligini aytmoqchiman. Albatta bu hammada ham o'xshaydi deb 100% kafolat bera olmayman. Agar sizda quyidagi holat bo'lsa sinab ko'ring:
O'ylab qarasangiz ishlaringiz tartiblanmagan, ya'ni bugun shu ishlarni qilaman degansiz ammo qaysi vaqt qaysi birini qilishingiz aniq emas. Shu holatda sizga ortiqcha ish qo'shish judayam yoqimsiz ko'rinadi. Bu vaziyatda qo'shmoqchi bo'lgan ishingiz uchun ma'lum muddat belgilang masalan 1 soat, 25 minut va hokazo. Va ushbu vaqtni qachon boshlanishini ham belgilang masalan soat kechki payt 4da yoki 8 da va hokazo. Shu paytda hamma narsani tashlab shu ishga kirishing va boshqa ishlargayam ulgurasiz bu ish ham qolib ketmaydi.
Ps: men manashu 1 soatlik video ni bir urinishda yozaman deb ayta olaman. Ya'ni bu ishni bir necha marta takrorlasam vaqtim uvol bo'lib ketadi. Shuning uchun soat 8 dan 9 gacha yoki 7 dan 8 gacha degan bir vaqt belgilayman o'xshasa o'xshadi bo'lmasa boshqa kunga qoldiraman...
Tushunarli bo'ldi degan umiddaman. Barchaga omad...
MAANG challenge | Leetcode 171 | Kun 2
Bizni kuzatishda davom eting
🚀🚀🚀
Telegram | Youtube
Post #735
2.24K