Hayolingda hisoblashni bas qil...
Bugun sizlarga ustozimdan matematika darsida o'rgangan judayam bir ajoyib fikr haqida aytib bermoqchiman. Bugun matematika darsida doskaga chiqdim va matritsalar bilan ishlayotgan edik. Determinant topilishi kerak bo'lgan vaziyat kelib qoldi va 3x3 matrix(aslida kattaroq edi bir qismi uchun 3x3) ni determinantini hayolan hisoblamoqchi bo'ldim va sal o'ylanib qoldim. Ustozim shu vaziyatda judayam bir ta'sirli gap aytdi:
"Javahere don't think that much. Your brain is not for calculating such small calculations. Your brain should solve bigger and much bigger problems in the life. You shouldn't deal with such small things. Just write what you need. And solve it. This is faster and simpler. Don't calculate in your mind. You should care about more serious problems in the world..."
Tarjimasi:
"Javohir ko'p o'ylama. Bu bizga berilgan bosh bunaqa kichik hisob-kitoblarni hayolan bajarish uchun emas. Sen bu hayotda kattadan katta muammolarni yechishing kerak. Bunday kichik amallar bilan miyyangni qotirma. Shunchaki nimani hisoblash kerak bo'lsa shuni yoz va hisobla. Manashu ish tezroq va soddaroq. Miyyangda hisoblashni bas qil. Sen senga berilgan bosh bilan hayotda jiddiy boshqa muammolarni yechishing kerak..."
To'g'risi juda ta'sir qildi. Rostdan ham shu misollarni boshimizda yechamiz deb miyyani qiynaymiz. Aslida bundan katta naf ham yo'q. Shunchaki yozing va hisoblang tamom. Bu bosh sizga ancha qiyinroq va jiddiyroq muammolarni hal qilish uchun berilgan. Uni oddiy va arzimas narsalar bilan band qilmang.
Shu ishni bugundan boshlang!
Post #689
515
- 👍 11
- 👏 5
- 🔥 1