TGViewer
Channel Public Channel
Subscribers
12.8K
Photos
3.9K
Videos
1.7K
Links
5K
Recent Posts 20 shown
Post #6426 784
😀
1938-yil 4-oktyabrda otilgan bir guruh millat ziyolilari:

1. Abdurauf Fitrat
2. Abdulla Qodiriy
3. Abdulhamid Choʻlpon
4. Poʻlat Soliyev
5. Gʻozi Olim Yunusov
6. Abdulhay Tojiyev
7. Akbar Islomov
8. Anqaboy Xudoybaxtov
9. Sanjar Siddiq
10. Qurbon Beregin
11. Aʼzam Ayyub
12. Otajon Hoshimov

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 😢 18
  • ❤ 3
Post #6425 717
🟦🟦🟦🟦

4-oktyabr – tariximizning eng mash’um kunlaridan biri. Shu kuni bir guruh adabiyot namoyandalari, madaniyat, harbiy va davlat arboblari qatag‘on siyosati qurboniga aylandi.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 😢 8
  • 👍 1
Post #6424 605
✅
TINCHLIK VODIYSI
Shahriyor SHAVKAT

Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyodagi geosiyosiy keskinliklar, mojarolar o‘chog‘i sifatida ko‘rilgan hamda chegaraviy nizolar bilan tilga olingan Farg‘ona vodiysi bugun tinchlik va taraqqiyot markaziga aylanmoqda. Bahsli hududlar masalasi yechilib, ayrim kelishmovchiliklar o‘rnini endilikda izchil iqtisodiy hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan iliq munosabatlar egallayapti. Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi Xo‘jand va Guliston shaharlari mezbonlik qilgan Ikkinchi Farg‘ona tinchlik forumi ushbu yangilanish davrining amaliy ifodasi bo‘ldi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14882

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #6423 762
✅
HAL QILUVCHI KUCH
Iqbol MIRZO

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanisharkan,  ustozlarning jamiyatda tutgan o‘rniga yuksak baho berib, ularning faoliyatini “Hal qiluvchi kuch” deb baholadi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14879

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 2
Post #6422 848
✅
UYGʻONING, ODAMLAR!
Erkinjon YARASHEV

Yer yuzida 220 dan ortiq millat va xalq bor. Biroq ularning hech biri biz kabi 500 kishilik to‘y, to‘ydan keyin “charlar”, “otako‘rdi”, “kelinko‘rdi”, yana allambalo marosimlar, udumlar qilmaydi. Yer yuzidagi hech bir millat ertalab turib nahorda oshga bormaydi; kelin-kuyovning uyini jihozlar, maishiy texnikalar bilan to‘ldirib, parda, gilam, qalin, sarpo-suruq qilmaydi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14875

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 4
  • 👏 2
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
Post #6420 811
✅
QORAQALPOG‘ISTONDA JADID HARAKATI
Umid BEKMUHAMMAD

Turkiston jadid harakati tarixida Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat olib borgan ma’rifatparvarlar alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan 1910-yilgi Xiva xonligidagi bekliklar, aholi soni, yer hajmi, milliy tarkibi va kimlar hokimlik qilayotganiga oid ro‘yxatga olish materiallarida 27 ta ma’muriy bekliklar qatorida, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irotga oid statistika ham keltirilgan. Unga ko‘ra, Xo‘jaylida 60 ming tanob yer bo‘lib, ikki ming xonadonda o‘rtacha 7 kishidan istiqomat qilgan. Hududda 45 yoshli Avazbiyxo‘ja Murtazabiy 20 yillik tajribaga ega hokim edi. Bu muhim strategik hududlarda nafaqat iqtisod, savdo, agrar soha, balki ta’lim ham rivojlangan bo‘lib, xususan, jadid maktablari istiqbolli soha sifatida faoliyat ko‘rsatardi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14869

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
Post #6419 813

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 4
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #6418 839
✅
AKIRA YOSINO – ELEKTRONIKA OLAMIDA INQILOB YASAGAN NOBELCHI
Jasmina ISROIL

Kimyo bo‘yicha 2019-yilgi Nobel mukofoti Jon Gudenaf, Stenli Uittinghem va Akira Yosinoga “litiy-ion batareyalarini rivojlantirgani uchun” berildi.

“Hozirgi kunda ushbu yengil, qayta quvvatlanuvchi va shu bilan birga uzoq xizmat qiluvchi batareya istalgan texnika uchun – uyali telefonlardan tortib noutbuklar va elektromobillarga qadar ishlatiladi”, deyiladi Nobel qo‘mitasi bayonotida.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14866

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
Post #6417 983
✅
Darsdan so‘ng

Kimnidir koyidi chekkani uchun,
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
“Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr”.
Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh.
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
“Ko‘ngli sovidimi…” — vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
“Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi”.
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi.
“O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo…”
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda — toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin… ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
…Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni…


Matnazar Abdulhakim

📱 https://youtu.be/BynPli8raY0
YouTube Darsdan so‘ng Kimnidir koyidi chekkani uchun, Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham. Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam. “Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi? Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr. Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,…
  • 😢 2
Post #6415 1.19K
✅
Oddiy muallim

Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, o‘sha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanoatda tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?
Oddiy muallim-da,oddiy muallim.

Yo‘qdan Beruniylar binolar etgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar etgan,
Husaynni ibn Sinolar etgan,
Abdulloning tilin burrolar etgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ammo hayotning nish-sanchiqlaridan
Qoqinsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan.
Otadek kuyungan g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko‘pu ammo bir do‘sti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo‘min o‘rtog‘im
Ko‘zlarimni yopsa, jag‘im bog‘lasa,
Faqat bir insondan bo‘ladi qarzim –
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Muhammad Yusuf

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 7
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #6414 695
✅
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab bayram tabriklari yo‘llanmoqda

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar hamda ta’lim sohasi fidoyilari tomonidan bayram tabriklari yo‘llandi.

Mazkur tabriklarda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek mashaqqatli va sharafli kasb egalariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor e’tirof etilgan.

Yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, ularning mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 5
Post #6413 781
✅
Muhtaram muallimlar va ma’rifat fidoyilari!

“Jadid” gazetasi tahririyati sizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Millat taraqqiyoti va saodati yo‘lida ma’rifat tarqatish, yosh avlodni jaholatdan asrab, ilm-fanga chorlash – eng ulug‘ vazifa. Ma’rifatparvar bobolarimiz ta’kidlaganidek, najot – ta’limda, najot – maktab va muallimda. Millat kelajagini yaratishdek buyuk mas’uliyat bugun ham o‘zining hayotiy muhimligini yo‘qotmagan.

Shu muqaddas va mashaqqatli yo‘lda zahmat chekayotgan har bir ustozga mustahkam sog‘liq, tuganmas toqat va sharafli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimiz qalbida ilm nuri hech qachon so‘nmasin!

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 7
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #6411 848
✅
O‘zbekistonda ustoz va murabbiylar bayrami ilgari boshqa sanada nishonlangan

Har yili 1-oktyabrda nishonlanadigan Ustoz va murabbiylar kuni O‘zbekistondagi birinchi kasb bayrami emas. Undan avval ham ta’lim xodimlari uchun alohida sana belgilangan, faqat u boshqa nom bilan va boshqa kunda nishonlangan.

📱 https://youtu.be/F8RoVcGo9Ek
YouTube O‘zbekistonda ustoz va murabbiylar bayrami ilgari boshqa sanada nishonlangan Har yili 1-oktyabrda nishonlanadigan Ustoz va murabbiylar kuni O‘zbekistondagi birinchi kasb bayrami emas. Undan avval ham ta’lim xodimlari uchun alohida sana belgilangan, faqat u boshqa nom bilan va boshqa kunda nishonlangan.
Post #6410 794
✅
“Ehtirom sizga, aziz ustoz!”

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ehtirom sizga, aziz ustoz!” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Unda ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Bayram tadbiri davomida ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning sharafli va mas’uliyatli mehnati yuksak qadrlanishi ta’kidlandi. Tadbirning badiiy qismida esa kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
Post #6408 699
✅
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova maktab o‘quvchisi bo‘lgan davrda o‘zbek tiliga e’tibor qaratilmagani haqida gapirdi

To‘liq intervyuni tez kunda 📱 YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤‍🔥 5
Post #6407 1.73K
✅
DARSLIK SHUNDAY BO‘LSA!
Habib ABDIYEV

“Bolalarga nimani o‘rgatish kerak?” degan savoldan avval “Bizga qanday avlod kerak?” degan savolni qo‘ygan jadidlar maktabdagi o‘zgarishlarga katta umid bog‘lagan edilar. Bugun esa... Internet, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli manbalar orasida ulg‘ayayotgan bolaning qo‘lida darslik bilan birga smartfon, video, elektron kitoblar, turli dasturlar va interaktiv imkoniyatlar bor. U istalgan ma’lumotni bir necha soniyada topa oladi. Demak, kechagi maktabning eng qimmat boyligi bo‘lgan ma’lumot bugun oson va tez topiladigan resursga aylandi. Bu o‘zgarish ta’limning vazifasiga yangicha qarashni talab qiladi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14863

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @jadidmediauz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Jadid.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Jadid.uz have?
Jadid.uz (@jadidmediauz) has 12.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Jadid.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →