🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”
Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik.
Bunday vaziyatda shunchaki
CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File) → “Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi. Ochilgan oynachada
EXPLORER.EXE buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija