TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #8037 8.3K
#word #maslahat

📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism)

Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish

Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi.

6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена)

Word
barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin.

Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin.

Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL + C klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin.

7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов)

Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi.

Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL + - klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin.

Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang.

📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin.

8️⃣. Ajralmas probellar

Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l).

Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi.

Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL + SHIFT + PROBEL birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL + SHIFT + - (harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda.

📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
  • 👏 4
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →