🔤 Word'da harflar registrini o‘zgartirish usuli va “Найти и заменить” funksiyasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq holatlar
Word'da harf registrini o‘zgartirish uchun odatda biz asosan SHIFT + F3 klavishlari birikmasi yoki “Главная” varaqa (вкладка)si tasmasidagi buyruqni qo‘llaymiz. Biroq ko‘pincha qo‘llaniluvchi yana bir usul mavjud bo‘lib, bu “Шрифт” muloqot oynasidagi “Все прописные” opsiyasidir.
Bir qarashda u ham xuddi shu vazifani o‘taydi, ya’ni kichik harflarni kattasiga o‘zgartiradi. Ammo buning bir jihati bor. Agar biz “Шрифт” muloqot oynasidagi buyruq qo‘llanilgan jumla yoki so‘zga “Очистить форматирование” buyrug‘ini qo‘llasak, harflar yana kichik ko‘rinishga qaytadi. Agar “Найти и заменить” (
CTRL + H) muloqot oynasida “Учитывать регистр” opsiyasi faollashtirilib, qidiruv amalga oshirilsa, u holda katta harflar sifatida faqat “Главная” varaqasi yoki SHIFT + F3 orqali o‘zgartirilganlari qabul qilinadi.Keyingi safar ushbu holatlarni inobatga olib ish tutasiz, degan umiddamiz! 😉👇🏻🎞
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija