🗂 Nostandart ro‘yxatlar bo‘yicha saralash
Excel dasturining menyu satridagi Данные varaqa (вкладка)sida Сортировка и фильтр buyruqlari to‘plamida saralashni bajarish uchun 3 buyruq mavjud: от А до Я (o‘sish tartibida), от Я до А (kamayish tartibida) va nisbatan murakkabroq saralash sozlamalari uchun Сортировка buyrug‘i.
Standart saralash usuli har doim ham to‘g‘ri kelavermaydi — ba’zida matnli nomlanishlar bilan keluvchi ustundagi saralashni alifbo bo‘yicha emas, balki boshqa bir qonuniyatga ko‘ra tartiblashga to‘g‘ri keladi.
Bunday saralashga yorqin misol sifatida esa muayyan tartibda keluvchi yil oylari ro‘yxati: Январь-Февраль-Март... ni keltirish mumkin. Ushbu holatda oy nomlanishlari — bu sana formati emas, balki shunchaki matn hisoblanadi.
Bunday saralashni amalga oshirish uchun jadvaldagi kerakli yacheykani tanlaymiz va Сортировка tugmasini bosamiz, Сортировать по maydoni uchun Месяц qiymatini, Порядок maydoni uchun Настраиваемый список bandini tanlaymiz. So‘ngra oylar ro‘yxatini post ostidagi video ko‘rsatmaga muvofiq tanlaymiz👇🏻🎞 va OK'ni bosamiz, tayyor!
❗️Списки oynasida oylar va hafta kunlari ro‘yxatini ko‘rish mumkin — bular Excel'dagi standart ro‘yxatlar bo‘lib, ularni o‘chirib bo‘lmaydi. Nostandart ro‘yxatlarni mustaqil ravishda ushbu oynaning o‘zida, ro‘yxat elementlarini
ENTER'ni bosish orqali satrma-satr yoki vergul bilan ajratib kiritib, keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘yishimiz mumkin.📝 Manba: @hacks_excel
✅ Dastur tarkibidagi Списки oynasida rus yoki ingliz tilidagi oy va haftalar ro‘yxati kabi o‘z tilingizdagi ro‘yxatlarni ushbu postimizda keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq yaratishingiz mumkin:
• O‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija