TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4178 13K
#excel

O‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz 📃

Kompyuteringizda interfeysi rus yoki ingliz tilida o‘rnatilgan Microsoft Office paketidan qat’i nazar, MS Excel'da, mos ravishda rus yoki ingliz tilida oy nomi kiritilib, so‘ngra joriy yacheykaning pastki o‘ng burchagidagi maxsus mayda qora kvadratchani tutib turgan holda, qo‘shni yacheykalarga qaratib istalgan tomonga tortilsa — dastur avtomatik ravishda qolgan oylarning nomlarini joylashtirib beradi, chunki ushbu nomlanishlar uning sozlamalariga qoida bo‘yicha kiritilgan.

❗️Dastur bilan birgalikda qoida bo‘yicha keluvchi ro‘yxatlarni o‘chirishning imkoni yo‘q.

Agar shu kabi ro‘yxatlarga o‘z ro‘yxatingizni qo‘shish istagida bo‘lsangiz, unda menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Параметры → Дополнительно → Общие → Изменить списки (ushbu tugmani oynaning eng pastiga qarab tushib uchratish mumkin) ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

Yuzaga kelgan oynada Новый список bandini tanlang, ro‘yxatning har bir jumlasi/so‘zini yangi satrdan kiriting va kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlash uchun Добавить tugmasini bosing.

📌 P.S.: MS Excel'ning ushbu imkoniyatdan xabaringiz bormidi?

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →