TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7533 3.44K
#internet

🎞 YouTube'dagi videodan GIF yaratish

Bugungi kunda video eng mashhur kontent turlaridan biri bo‘lib, YouTube uning eng katta ombori hisoblanadi. Kulgili videolar, tarixga oid ko‘rsatuvlar, xullas qanday videoni tomosha qilishni xush ko‘rishingizdan qat’i nazar, hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham sizda o‘zingiz yoqtirgan parchadan animatsion GIF yaratish istagi yuzaga kelgan bo‘lishi aniq.

Videodan GIF yaratish uchun tavsiya etiluvchi qadamlar ketma-ketligi esa quyidagicha:

1️⃣. YouTube'dagi GIF-parcha yaratilishi lozim bo‘lgan videoga o‘ting va uning URL-manzilini nusxalab oling.

2️⃣. gifrun.com saytiga o‘ting va nusxalab olingan manzilni undagi matn kiritish maydoniga joylashtiring.

3️⃣. Ochilgan video muharrirda start surgichini kerakli joyga olib o‘tkazing va parchaning davomiyligini tanlang.

4️⃣. So‘ngra “CREATE GIF” tugmasini bosing.

Hosil bo‘lgan animatsiyani kompyuterga saqlash uchun “DOWNLOAD” tugmasini bosishgina qoladi. Xizmat bepul, ro‘yxatdan o‘tish zaruratisiz ishlaydi va GIF-tasviriga suvli belgini qo‘shmaydi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 10
  • 👏 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →